Toshkent shahar 1-klinik shifohonasi majlislar zalida O‘zR FA Davlat va huquq instituti, Oliy majlis Qonunchilik palatasi, Toshkent shahar va tuman kengashlari deputatlari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Nuroniy jamg‘armasi va Shayxontoxur tumani xokimligi hamkorligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda 30 aprel kuni o‘tkaziladigan umumxalq Referendumi targ‘iboti bo‘yicha muloqot tashkil eitilib, unda Toshkent shahar 1-klinik shifohonasi mehnat jamoasining 120 dan ortiq a’zolari ishtirok etdilar.
O‘zR FA Davlat va huquq instituti direktor o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor A.Tulyaganov tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari hamda uning ilg‘or jihatlari qiyosiy ma’noda tahlil etib berildi. Shuningdek, so‘zga chiqqan deputatlar va nuroniylar tomonidan mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqchilligi, fuqarolar manfaatlari har narsadan ustunligi haqida so‘z yuritildi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.