O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning 2022 yil 22 dekabrdagi uchrashuvi va ularning har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitimi yakunlari asosida O‘zbekiston Prezidenti Admingistratsiyasi tomonidan tegishli yo‘l xaritasi tuzilgan. Unda belgilangan ustuvor maqsadlaridan biri “Markaziy Osiyo davlati va huquqi: tarixi va hozirgi holati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish hisoblanadi.
O‘zbekiston tomonidan asosiy ishtirokchi va tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Davlat va huquq instituti, Qozog‘iston tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligining Fan bo‘yicha qo‘mitasining Davlat tarixi instituti, A.Margulan nomidagi Arxeologiya instituti, shuningdek Qozog‘iston Respublikasining Oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim qo‘mitasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti hisoblanadi.
Konferensiyaning o‘tkazilish joyi – Ostona shahridagi Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligining Fan bo‘yicha qo‘mitasining Davlat tarixi instituti bo‘lib, u yerda O‘zbekistondan va Qozog‘istondan bir guruh ma’ruzachilar qatnashadi.
Konferensiya doirasida qutlov nutqlari so‘zlandi:
* Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligining Davlat tarixi instituti direktori Nurbek Serikuli PUSIRMANOV,
* O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori Murod Tursunbaevich TURG‘UNOV.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti xodimlari ilmiy ma’ruzalar qildilar:
* Yuridik fanlar doktori, professor Jo‘raboy TOShQULOV “Markaziy Osiyoda davlat va huquqning paydo bo‘lishi muammolari” mavzusida ma’ruza bilan,
* Tarix fanlari nomzodi Shavkatjon RAHMATULLAEV – “Markaziy Osiyo Uyg‘onish davri mutafakkirlari ijodida davlatchilikning iqtisodiy asoslari” mavzusida
* Falsafa fanlari nomzodi Ravshan NAZAROV – “Qozog‘iston va O‘zbekiston etnik siyosatining ma’muriy-huquqiy asoslari: qiyosiy tahlil” mavzusida bilan ishtirok etadi.
Qozog‘iston tomonidan ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etganlar:
Qozog‘iston Respublikasi parlamentining sobiq senatori, Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi a’zosi, al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetining professori, yuridik fanlar doktori Yerkesh Kalievich NURPEISOV,
* L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universitetining yuridik fakulteti dekani, yuridik fanlar doktori, professor Jamoliddin IBRAGIMOV,
* Davlat tarixi instituti bo‘lim boshlig‘i, tarix fanlar doktori, prfessor Alima Musirovna AUANASOVA,
* Siyosiy Qatag‘on qurbonlarini to‘liq reabilitatsiya qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi a’zosi, Davlat tarixi instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Burkutbay Gelmanovich AYAGAN ma’ruza bilan qatnashadilar:
Bundan tashqari, konferensiyada Qozog‘istonning yetakchi olimlari – huquqshunoslar, tarixchilar, siyosatshunoslar, shuningdek, Markaziy Osiyo, shuningdek Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya davlatlaridan (onlayn formatda) qatnashadilar.
Konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti bilan Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligining Fan bo‘yicha qo‘mitasining Davlat tarixi instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandumini imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim ham bo‘lib o‘tdi.
Umuman olganda, anjuman yuksak tashkiliy va ilmiy saviyada o‘tkazilib, Qozog‘iston va O‘zbekiston olimlarining an’anaviy do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.