The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Oltariq tumanida "Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni" mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

2023 yil 28 mart kuni Oltiariq tumani madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha tuman targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkaziladigan Umumxalq referendumi hamda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati targ‘iboti hamda qilinadigan ishlar bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi, Barqaror rivojlanish markazi hamda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hokimligi hamkorligida tashkil qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Raxmonaliev, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor M.X.Baratov, Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Otaboev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Nabievlar so‘zga chiqishib, Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, Konstitutsiya yangilanishiga sezilgan zarurat hamda yangi taxrirdagi Konsitutsiyada ijtimoiy soha bo‘yicha juda katta o‘zgartirishlar kiritilayotganligi kabi muhim masalalar yuzasidan tushunchalar berdilar.

Tadbirda 350 nafar tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.


×