Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq institutining faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, quyidagilar:
Institut xodimlarining davlat va jamiyat islohoti turli jihatlariga taalluqli normativ-huquqiy va dasturiy xarakterdagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo’yicha davlat organlari huzuridagi ilmiy-maslahat kengashlari, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida ishtirok etishi Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Shuningdek, Institut doimiy asosda “Davlat va huquq” jurnali, jamoaviy va individual monografiyalar, o’quv-metodik adabiyotlar, qonunchilikka ilmiy-metodik sharhlarni, jumladan, ularning electron shaklini nashr etishga doir faoliyatni yuritadi.
Institutga O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ustavida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi hamda u Fanlar akademiyasining tegishli vitse-prezidenti bilan kelishilgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o'rinbosarga, jumladan ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari hamda umumiy masalalar bo'yicha direktor o'rinbosariga ega bo'ladi.