Ayni damda Xorazm viloyati prokuratura organlari xodimlari ishtirokida "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi"ga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d. M.Turg‘unov, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori birinchi o‘rinbosari, yu.f.d., prof. M.A.Tillaboyev, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari yu.f.d., prof. M.M.Mamsiddiqovlar ishtirok etmoqda.