The site is running testing mode

Single contact number (+998) 71 2000036; Helpline (+998) 71 2335623

Republican scientific and practical conference on the topic "Relationships between the state, law and religion in Uzbekistan"

 

2022 yil 30 dekabr kuni O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti tashabbusi bilan «O‘zbekistonda davlat, huquq va din o‘rtasidagi munosabatlar» mavzusi  bo‘yicha respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirda Yuridik fanlarni Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari, Samarqand, Termiz, Namangan va Nukus Universitetlarining yuridik fakultetlari va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Ilmiy-amaliy konferensiyani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik Akmal Saidov kirish so‘zi bilan ochdi. Akademik A.Saidov O‘zbekistonda davlat, huquq va din o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr bildirib Konferensiyani davom ettirish uchun Davlat va huquq instituti direktori M.Turg‘unovga so‘z berdi.

 

Murod Turg‘unov tadbirining maqsadi yuzasidan O‘zbekistonda davlat, huquq va din munosabatlari tadrijiy evolyusiyasi, vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi, diniy tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning taraqqiyoti, O‘zbekiston hududida qadimgi davr, o‘rta asrlar, yangi davr va mustaqillik yillarida davlat, huquq va din o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi, xorijiy mamlakatlarda davlat, huquq va din o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida fikr almashish, muayyan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish haqida ma’lum qildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ravshan Nazarov “Qadimgi davrda O‘zbekiston hududida davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar shakllanishi” bo‘yicha ma’ruza qildi. U o‘z nutqida O‘zbekiston hududida qadimgi davrda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar shakllanish jarayonlari to‘g‘risida fikr bildirdi. 

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq institutining bo‘lim boshlig‘i professor Juraboy Tashkulov O‘rta asrlarda O‘zbekiston hududida davlat va din munosabatlari”mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z nutqida zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, islom dinlarining asoschilari va rahnamolari, umuman olganda, oddiy xalqni, mehnatkashlarni ezish, ularga zulm o‘tkazish, adolatsizlik, sudxo‘rlik kabilarga qarshi bo‘lishgani, davlat boshliqlarini oddiy xalq qarzidan kechishgani va boshqa masalalar bo‘yicha gapirdi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bosh ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori, professor Azizov Nig‘mon Pardaevich “Mustamlakachilik davrida O‘zbekiston hududida davlat va din munosabatlaridagi o‘zgarishlar” mavzusi yuzasidan fikr bildirdi. Xususan u o‘z nutqida O‘zbekiston hududida davlat va din munosabatlari ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sharoitlar sababli muntazam o‘zgarib turgani, xuddi shu kabi, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mamlakatimiz hududida vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatini amalga oshirishning yangi davri boshlangani, bu davr Chor Rossiyasining O‘rta Osiyo o‘lkasida mustamlakachilik tuzumini o‘rnatilganligi, Rus hukumatining olib borgan mustamlakachilik siyosati bilan xarakterlanishi to‘g‘risida fikr bildirdi. Shuningdek o‘z nutqida Chor Rossiyasining o‘zbek xonliklariga qarshi amalga oshirgan siyosati o‘lka aholisini qullikda saqlash, uning haq-huquqlarini, diniy va milliy qadriyatlarini, e’tiqodini, his-tuyg‘ularini, urf-odati va an’analarini toptash, poymol qilishni maqsad qilib qo‘ygan bosqinchilik, talonchilik va mustamlakachilik siyosati bo‘lganligini aytib o‘tdi.

 

 

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi professor v.b., yuridik fanlar doktori, dotsent Yusupova Nigora Jaloliddin qizi “Mustaqil O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari” mavzusida fikr bildirdi. U o‘z nutqida mustaqilik yillarida din, xususan, islom diniga bo‘lgan munosabat o‘zgargani, diniy bayramlarni nishonlash va erkin ibodat qilish borasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani to‘g‘risida fikr bildirli. 

Shuningdek, mazkur ilmiy-amaliy konferensiyasining bahs-munozaralar, taklif-tavsiyalar qismi yuzasidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi,  yuridik fanlari nomzodi, dotsent Hakimov Ravshan To‘lqunovich, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bosh ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori, professor Omonboy Oqyulov hamda institutning Ilmiy kotibi, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim  Raxmatullaev Shavkatjon Muxammadalievichlar so‘zga chiqib konferensiya yuzasidan o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi.

 

 

 


×