Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!
Sizlarni “Ilmiy maqola yozish: mavzu tanlash, tuzilma shakllantirish va nashrga tayyorlash talablari” mavzusida tashkil etilayotgan o‘quv-seminarda ishtirok etishga taklif etamiz.
Mazkur o‘quv-seminarda ilmiy maqola yozishning nazariy va amaliy jihatlari, maqola mavzusini to‘g‘ri tanlash, annotatsiya va kalit so‘zlarni shakllantirish, kirish, asosiy qism va xulosa qismlarini ilmiy uslubda yozish, foydalanilgan adabiyotlar va havolalarni rasmiylashtirish, shuningdek, OAK talablari asosida maqolani nashrga tayyorlash masalalari muhokama qilinadi.
Seminar mavzusi:
“Ilmiy maqola yozishning zamonaviy talablari va amaliy ko‘nikmalari”
O‘tkazilish shakli: oflayn/onlayn