Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi; 12.00.13 – Inson huquqlari ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura, doktorantura, stajer tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka
TANLOV E’LON QILADI
- Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun tayanch doktoranturaga quyidagilar rasmiylashtiriladi:
magistr yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar;
kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 tezisga ega bo‘lganlar;
kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlarga ega bo‘lganlar.
- Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Talabgorlar 2022 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, Davlat va huquq institutining Ilmiy kotibiga quyidagi hujjatlarni (fayl-papkaga solingan xolda) 2022 yilning 15 oktyabriga taqdim etishlari talab etiladi:
1. Ariza;
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’yektivka);
3. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktorant sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi; Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorant sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
4. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
5. Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
6. Ish joyidan tavsifnoma;
7. Dissertasiyaning mavzusi, rejasi va ilmiy rahbar / ilmiy konsultant to‘g‘risida ma’lumot.
Talabgorlarni tanlab olish ixtisoslik bo‘yicha imtihon natijalari va Davlat va huquq instituti qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatlar Davlat va huquq instituti Ilmiy kotibi tomonidan 1 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lgan davrda 100060, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 81-uyda (mo‘ljal: sobiq FA Sharqshunoslik instituti binosi, 3-qavat, 5-xona) qabul qilinadi.
Talabgorlar uchun tanlovda ishtirok etish talablari va topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi nizomda batafsil ko‘rsatilgan.
Tel. +99894 603 96 77
email: info@islas.uz