HALOLLIK — TARAQQIYOT KAFOLATI, KORRUPSIYA — JAMIYAT KUSHANDASI!
Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning burchimizdir. Qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, halollik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish har bir xodimning xizmat burchi hisoblanadi.
Barcha xodimlardan xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish talab etiladi.