1992-2022-yillarda yuridik sohada fan doktori (DSs) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi himoya qilgan mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumotnoma
Mas’ul muharrir:
A.X. Saidov – yuridik fanlari doktori, akademik
Tuzuvchilar:
M.T. Turg‘unov – yu.f.d, katta ilmiy xodim;
A.A. Tulyaganov – yu.f.d, professor;
O.R. Sulaymanov – yu.f.d, dotsent;
J. Toshqulov – yu.f.d, professor;
M.X. Baratov – yu.f.d, professor;
A.Q. Xudoyberdiev – yu.f.d, professor.
Taqrizchilar:
O.Oqyulov – yu.f.d, professor;
N.P. Azizov – yu.f.d, professor.
Mazkur nashrda 1992-2022 yillarda fan doktori (DSc) va Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida tasdiqlangan mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Shaklan va mazmunan shuni aytish mumkinki, nashr nafaqat axborot beruvchi, balki mavjud holatning o‘ziga xos ko‘zgusi hamdir.
Ushbu to‘plamdagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuzildi.
To‘plam mavjud dissertatsiyalarning tadrijiy ketma-ketligi, ixtisosliklar ketma-ketligida joylashtirildi. Zero, bunda o‘quvchiga qulaylik tug‘dirish maqsad qilib olingan. Nashr yo‘nalishlarni tanlashda, ta’lim va ilmiy tashkilotlarning davlat va huquq sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlashga muayyan ma’noda xizmat qiladi.
Nashr magistrlar, tadqiqotchilar, ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Yuklab olish
Kitobni harid qilishmoqchi bo`lsangiz biz bilan bog‘laning: +998977374997, +998941999714