The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

“Inson – jamiyat – davlat” konstitutsiyaviy tamoyilini amalga oshirish: milliy va xorijiy tajriba

“Inson – jamiyat – davlat” konstitutsiyaviy tamoyilini amalga oshirish: milliy va xorijiy tajriba”. Xalqaro konferensiya materiallari, 2022-yil 20-iyun. – Urganch, 2022-yil – 194 b.

 

Mas’ul muharrir:

A.X. Saidov, akademik, yuridik fanlar doktori, professor

 

Tahrir hay’ati:

f.f.d, katta ilmiy xodim M.Sh. Usmonov,

yu.f.d, katta ilmiy xodim M.T. Turg‘unov,

yu.f.d, professor M.A.Tillaboev

 

To‘plam tuzuvchilari:

X. Muradov N.X. Safarov G.R. Barnoeva

 

Loyiha koordinatori:  Z.T. Djuraeva

 

Mazkur to‘plamga 2022-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan “Inson – jamiyat– davlat” konstitutsiyaviy tamoyilni amalga oshirish: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ma’ruza va tezislar materiallari kiri- tilgan.

To‘plamga ma’ruza va tezislardan tashqari, konferensiya yakunlari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hujjatlar va milliy qonunchilikdan parchalar kiritilgan.

To‘plam keng doiradagi amaliyotchilar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti Ilmiy kengashining 2022-yil 31-avgustdagi 5-son qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Rayosatining 2022-yil 14-iyundagi 318/1-son qarori bilan “Inson – jamiyat – davlat” konstitutsiyaviy tamoyilini amalga oshirish: milliy va xorijiy tajriba” mavzudagi xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida yuridik, sotsiologiya, tarix, pedagogika, psixologiya va siyosiy fanlar yo‘nalishida chop etiladigan maqolalar (ma’ruzalar tezislari bundan mustasno) dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan milliy va horijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga tenglashtirildi.

 

Mazkur to‘plam O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Barqaror rivojlanish markaziga ajratilgan subsidiya mablag‘lari hisobiga tayyorlandi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hisobidan nashr etildi.

 

 Юклаб олиш

Китобни ҳарид қилишмоқчи бўлсангиз биз билан боғланинг: +998977374997, +998941999714


×