The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ — MILLIY BIRLIGIMIZ RAMZI!

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Zangiota tumanida «Bir Vatan, bir el, bir bayroq» shiori ostida ko‘tarinki ruhda tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 11-saylov okrugidan deputati Murodjon Turg‘unov ishtirok etib, yig‘ilganlarni qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi. O‘z so‘zida Davlat bayrog‘i xalqimizning mustaqilligi, milliy g‘ururi, sha’ni va iftixori, Vatanga sadoqati hamda yurtimizdagi tinchlik va birdamlikning yorqin timsoli ekanini alohida ta’kidladi.

Ta’kidlash joizki, yurtimiz bo‘ylab an’anaviy «Bayroq estafetasi» tadbirlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Ushbu tashabbus yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Tadbirning eng hayajonli lahzalarida Davlat bayrog‘i tuman faollari, deputatlar, nuroniylar va yoshlar hamrohligida tantanali ravishda Toshkent shahriga kuzatildi va navbatdagi ishtirokchilarga topshirildi.

  

  


×