O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida “O‘zbekiston va Rossiya huquqshunoslarining xalqaro-huquqiy hamkorligi” mavzusidagi konferensiya yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli anjuman O‘zbekiston va Rossiyaning huquqshunos olimlari, yetakchi mutaxassislari va ekspertlarini bir ilmiy maydonda birlashtirib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-huquqiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy huquqshunoslikning dolzarb masalalarini muhokama qilish hamda o‘zaro tajriba almashish uchun muhim platforma vazifasini bajardi. Hamkorlik yuzasidan kelgusi vazifalar belgilab olindi.





