The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

DAVLAT BAYROG‘I — SUVERENITET VA MUSTAQILLIK TIMSOLI

Davlat va huquq instituti vakillari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar.

2026-yil 18-noyabr kuni “O‘ZLITINEFTGAZ” aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamkorligida “Davlat bayrog‘i — suverenitet va mustaqillik timsoli” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

“O‘ZLITINEFTGAZ” AJ majlislar zalida tashkil etilgan mazkur tadbirda jami 100 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Turg‘unov Murodjon Tursunboyevich hamda institut direktori o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Tulyaganov Abdumannop Abdujabbarovich ishtirok etdilar.

 

Tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining mamlakatimiz mustaqilligi, davlat suvereniteti va milliy davlatchiligimizdagi o‘rni hamda ahamiyatini keng yoritish, davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Konferensiyaning ochilish qismida “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xodimi Ro‘zimurod Murzaqulov hamda Davlat va huquq instituti direktori, professor Murodjon Turg‘unov ishtirok etdilar. 

Konferensiyaning asosiy qismida Davlat va huquq instituti direktori o‘rinbosari, professor Abdumannop Tulyaganov “Davlat bayrog‘imiz — milliy faxrimiz va iftixorimiz” mavzusida ma’ruza qildi.

   

Ma’ruza mavzusi doirasida Davlat bayrog‘ining suverenitet va mustaqillik timsoli sifatidagi ahamiyati, davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur hamda vatanparvarlik masalalariga e’tibor qaratildi.

Tadbir dasturidan ishtirokchilar bilan savol-javoblar o‘tkazish ham o‘rin oldi. Bu esa davlat ramzlarining huquqiy va ma’naviy ahamiyati yuzasidan fikr almashish uchun imkoniyat yaratdi.

Konferensiya yakunida “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ Boshqaruv raisi Laziz Ismailov tomonidan tadbirga yakun yasaldi. Shundan so‘ng Davlat va huquq instituti vakillari hamda jamiyat xodimlari birgalikda esdalik uchun suratga tushdilar.

     

Mazkur ilmiy-ma’rifiy tadbir davlat ramzlarining jamiyat hayotidagi ahamiyatini keng targ‘ib qilish, fuqarolarning milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, ilmiy muassasalar va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti

 

     

     


×