Joriy yilning 14 may kuni Toshkent shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo” inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha to‘rtinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum tashkilotchilari – Xitoyning Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi (China Foundation for Human Rights Development, CFHRD) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hisoblanadi.
“Yuqori sifatli rivojlanish orqali inson huquqlari sohasidagi taraqqiyotni birgalikda ilgari surish” mavzusida o‘tkazilgan forum doirasida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining inson huquqlari sohasidagi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Muhokamalarda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan inson huquqlari sohasidagi ekspertlar, olimlar, davlat va biznes doiralari vakillari ishtirok etdi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi FA Davlat va huquq instituti direktori yuridik fanlar doktori, professor M.T.Turg‘unov “Inson huquqlarini ta’minlash – O‘zbekiston va Xitoy siyosatining bosh mezoni” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.



.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)