E’LON
Hurmatli doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va ilmiy tadqiqot olib borayotgan yosh olimlar!
Sizlarni “Ilmiy tadqiqot olib borish va dissertatsiya ishini sifatli tayyorlashning amaliy mexanizmlari” mavzusida tashkil etilayotgan seminar-treningda ishtirok etishga taklif etamiz.
Mazkur seminar-treningda ilmiy tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash, ilmiy yangilikni asoslash, dissertatsiya tuzilmasini shakllantirish, ilmiy manbalar bilan ishlash, bob va paragraflarni izchil yozish, havola va foydalanilgan adabiyotlarni rasmiylashtirish hamda dissertatsiyani himoyaga tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.