Mazkur monografiyada Chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi va mustamlakachilik tuzumi o‘rnatilishining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy madaniy va ma’naviy-ma’rifiy oqibatlari, mustamlakachi hukumatning vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatiga oid siyosati tashkiliy-xuquqiy asoslarining shakllanishi va rivojlanishi, ushbu siyosatni O‘zbekiston hududida amalga oshirilishining o‘ziga hos xususiyatlari va unga mahalliy aholi ijtimoiy qatlamlarining munosabati taxlil qilingan va tegishli xulosalar chiqarilgan.
Ushbu ilmiy asar huquqshunoslikka ixtisoslashgan Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlarning professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari, magistrlari, talabalari, ilmiy xodimlari hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston hududida vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va cheklashning tashkiliy-huquqiy asoslari / Mas’ul muharrir prof. M.A.Rajabova. - T: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, 2021.- 140 b.
Mas’ul muharrir
M.A.Rajabova - yuridik fanlar doktori, professor:
Taqrizchilar :
N.P. Azizov - yuridik fanlar doktori, professor
Sh. Asadov - yuridik fanlar doktori, dosent
Muallif: J.Toshqulov