
Kitob nomi: O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari
Muallif: Xujanov Tillabek Keldibekovich
Nashr turi: Monografiya
Nashr joyi: Toshkent
Nashr yili: 2026
Nashriyot: Komron press
Sahifalar soni: 212 bet
ISBN: 978-9910-18-185-6
Mas’ul muharrir: M.T. Turg‘unov
Taqrizchilar: M.M. Mamasiddiqov, A.A. Tulyaganov
Monografiyaning muqovasi, nashr ma’lumotlari va mundarijasi (PDF)
Monografiyada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlarning jinoiy-huquqiy tabiati, ularning tushunchasi, belgilari va tasnifi, jinoyat sodir etish usullari hamda ijtimoiy xavflilik xususiyatlari tahlil qilingan.
Shuningdek, bunday qilmishlarni kvalifikatsiya qilish, jinoiy javobgarlik subyektini aniqlash, ma’muriy va jinoiy javobgarlik mexanizmlari, milliy qonunchilikdagi bo‘shliqlar va huquqiy kolliziyalar ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqotda xorijiy mamlakatlar tajribasi, javobgarlikni takomillashtirishning jinoiy-huquqiy mexanizmlari, xavfga asoslangan yondashuv, institutsional va protsessual mexanizmlar hamda javobgarlikning milliy modelini shakllantirish masalalari o‘rganilgan.
Nashr huquqshunos olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, amaliyotchi yuristlar va sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.