Ushbu to‘plamga “Prezident saylovining konstitusiyaviy-huquqiy asoslari: O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi” nomli xalqaro konferensiyada taqdim qilingan ma’ruzalar, tezislar, xalqaro konferensiyaning Guliston hujjati, saylovlarga oid xalqaro-huquqiy hujjatlardan va milliy konunchilikdan parchalar kiritildi.
To‘plam keng doiradagi amaliy mutaxassislar va tadqiqotchilarga mo‘ljallangan.
Mazkur xalqaro konferensiya materiallarini nashr etishda yordam bergani uchun Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga minnatdorchilik bildiramiz.
Tahririyat kengashi:
Saidov Akmal Xolmatovich, akademik, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori
Usmanov Marifjon Shokirovich, falsafa fanlari doktori, “Barqaror rivojlanish markazi” NNT direktori
Turgunov Murodjon Tursunboyevich, yu.f.d, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, 2021
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2021
“Barqaror rivojlanish markazi” NNT, 2021