
Kitob nomi: Sud hujjatlarini sun’iy intellekt yordamida tuzish bo‘yicha tavsiyalar
Muallif: Tajiboyev Ma’rufjon Mamatojiyevich
Nashr turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr joyi: Toshkent
Nashr yili: 2026
Nashriyot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti
Sahifalar soni: 133 bet
ISBN: 978-9910-4602-4-1
Mas’ul muharrir: M.T. Turg‘unov
Taqrizchilar: M.M. Mamasidiqov, A.A. Teshaboyev
Mazkur o‘quv qo‘llanmada sud tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda sud hujjatlarini tayyorlash hamda ularning tarkibiy qismlarini sun’iy intellekt yordamida shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Qo‘llanmada sud hujjatlarini tayyorlashda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, sud qarorlari, ajrimlari va boshqa protsessual hujjatlardan namunalar keltirilgan.
Shuningdek, ayrim xorijiy davlatlar sud hokimiyati organlarida ishlarni tashkil etish va qarorlar qabul qilish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish tajribasi tahlil qilingan.
Nashrning asosiy maqsadi sud tizimida qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini mustahkamlash, ilmiy nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda yosh sudyalarga sud hujjatlarini tayyorlashda sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.
O‘quv qo‘llanma sudyalar, sud xodimlari, huquqshunoslar, tadqiqotchilar va yuridik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun foydali manba hisoblanadi.