
Kitob nomi: Sud muhokamasida protsessual tartib va taraflar tengligi
Muallif: Tajiboyev Ma’rufjon
Nashr turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr joyi: Toshkent
Nashr yili: 2026
Nashriyot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti
Sahifalar soni: 130 bet
ISBN: 978-9910-4602-5-8
Mas’ul muharrir: M.T. Turg‘unov
Taqrizchilar: M.M. Mamasidiqov, E.K. Sobirov
Mazkur o‘quv qo‘llanmada sud muhokamasida protsessual tartibni ta’minlash, sud majlisida intizomni saqlash, sudyaning sud jarayonidagi vakolatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari hamda sud majlisi ishtirokchilarining protsessual maqomi yoritilgan.
Shuningdek, sud hokimiyati va sudyaga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatish, sud majlisida huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun protsessual qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari hamda sud hujjatlarini qabul qilish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Qo‘llanmada protsessual kodekslar asosida qabul qilingan sud hujjatlaridan namunalar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari keltirilgan.
Nashrning asosiy maqsadi nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, odil sudlovda qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda yosh sudyalarga sud hujjatlarini tayyorlashda amaliy va nazariy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Qo‘llanma sudyalar, sud xodimlari, advokatlar, huquqshunoslar, yuridik ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan.