Bo’limning ustuvor vazifalari – ma’muriy-huquqiy fanlar sohasida ilmiy izlanishlar olib borish, ma’muriy va moliyaviy huquq ilmiy maktabini tiklashga ko’maklashish, O’zbekiston Respublikasida ommaviy huquq sohalari bo’yicha yangicha ta’limotni yaratishdir.
Bo’lim umumiy ma’muriy huquq, maxsus ma’muriy huquq, moliya huquqi institutlarini tadqiq qilishni rejalashtiradi, boshqa ommaviy huquq sohalari va institutlari bo‘yicha bazaviy tadqiqotlarni olib bormoqda.
Bo’lim xodimlari davlat organlari tomonidan tayyorlangan huquqiy konsepsiyalar va me’yoriy hujjatlar loyihalarini ilmiy baholash va tahlil qilishda ekspert sifatida qatnashadilar. Ilmiy xodimlar xalqaro tashkilotlar bilan qonun ustuvorligi sohasida o’zaro hamkorlik bo‘yicha katta tajribaga ega.
Bo’lim MDH davlatlari olimlari bilan qiyosiy qo’shma ilmiy tadqiqotlarda, ixtisoslashtirilgan sohalar bo’yicha namunaviy qonun hujjatlari loyihalari, davlat boshqaruvi sohasidagi konseptual qarorlar, ma’muriy islohotlar va ma’muriy sudning ayrim masalalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Bo’limda ilmiy muassasalarning ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo’linmalari, shuningdek, xorijiy davlatlarning oliy o’quv yurtlari bilan ilmiy aloqalarni rivojlantirilmoqda.
Bo‘limdagi xodimlar

Teshaboyev Akbarshox Adxamjon o‘g‘li yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.