The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida davlat va huquq sohasidagi ilmiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Toshkent, 2026-yil 27-oktabr.

2026-yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamda Turkiya Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘rtasida ilm-fan, davlat va huquq sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya onlayn va oflayn shaklda o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish va huquqshunos olimlar o‘rtasida tajriba almashishga qaratilgan.

Konferensiyada Davlat va huquq instituti direktori, professor Murodjon Turg‘unov, Turkiya Fanlar akademiyasi (TÜBA) prezidenti, professor Muzaffer Şeker, Bilim akademiyasi prezidenti hamda oliy ta`lim huquqshunos olimlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Muhokamalarda davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligi, inson huquqlari, fuqarolik, ma’muriy va jinoyat huquqi, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Konferensiya doirasida Davlat va huquq instituti hamda Turkiya Fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash rejalashtirilgan.

Kelishuv qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy anjumanlar, olimlar va yosh tadqiqotchilar almashinuvi, ilmiy nashrlar hamda grant loyihalari bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi. Sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, kiberxavfsizlik va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish ham ustuvor yo‘nalishlardandir.

Mazkur tashabbus milliy huquqshunoslik ilm-fanining xalqaro nufuzini oshirish va huquqiy islohotlarni ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

 

 

Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti Muzaffer Şekerni aeroportda kutib olish

 

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya Fanlar akademiyasi (TÜBA) prezidenti, professor Muzaffer Şeker aeroportda kutib olindi. Quyidagi videolavhalarda mehmonni kutib olish jarayonidan lavhalar aks etgan.

 

Mehmonni milliy an’analar asosida kutib olindi va ilmiy nashrlar bilan tanishtirildi

    

    

Turkiya Fanlar akademiyasi (TÜBA) prezidenti, professor Muzaffer Şeker Davlat va huquq institutida o‘zbek milliy an’analariga muvofiq, non va shirinliklar bilan samimiy kutib olindi. Shuningdek, tashrif davomida mehmon Davlat va huquq instituti tomonidan chop etilgan ilmiy nashrlar, monografiyalar va kitoblar bilan tanishtirildi. Nashrlarning mazmuni, ilmiy ahamiyati hamda institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berildi.

 

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va memorandum imzolash marosimi

   

   

   

Konferensiya davomida ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, Davlat va huquq instituti hamda Turkiya Fanlar akademiyasi (TÜBA) o‘rtasida ilmiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

 

Milliy an’analar asosida esdalik sovg‘alarini topshirish

       

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida mehmonlar va Davlat va huquq instituti vakillari bilan esdalik uchun suratga tushildi.


×