Kitob nomi: Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar: jinoiy-huquqiy tavsif, kvalifikatsiya va javobgarlikning milliy modeli
Mualliflar: M.T. Turgunov, T.K. Xujanov, M.O‘. Xasanov
Nashr turi: Monografiya
Nashr joyi: Toshkent
Nashr yili: 2026
Nashriyot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti
Sahifalar soni: 243 bet
Mas’ul muharrir: Yuridik fanlar doktori, akademik A.X. Saidov
Taqrizchilar: M.M. Mamasiddiqov, A.A. Tulyaganov
Monografiyada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlarning jinoiy-huquqiy tabiati, ularning tushunchasi, belgilari va tasnifi, jinoyat sodir etish usullari hamda ijtimoiy xavflilik xususiyatlari tahlil qilingan.
Shuningdek, bunday qilmishlarni jinoiy-huquqiy jihatdan kvalifikatsiya qilish, jinoiy javobgarlik subyektini aniqlash, ma’muriy va jinoiy javobgarlik mexanizmlari, milliy qonunchilikdagi bo‘shliqlar va huquqiy kolliziyalar ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqotda xorijiy mamlakatlar tajribasi, javobgarlikni takomillashtirishning jinoiy-huquqiy mexanizmlari, xavfga asoslangan yondashuv, institutsional va protsessual mexanizmlar hamda javobgarlikning milliy modelini shakllantirish masalalari o‘rganilgan.
Monografiya huquqshunos olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, amaliyotchi yuristlar va sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.