Hududda aholini öylantirayotgan qaysi masalalar partiyaning yangilanadigan Siyosiy dasturida öz aksini topişi kerak? ÖzLiDeP Zangiota tuman Kengaşi Konferensiyasidagi muhokama şu savol atrofida keçdi. Iştirokçilar iqtisodiyot va tadbirkorlik muhitidagi özgarişlar, aholining bugungi ehtiyojlaridan kelib çiqib, amaldagi dasturni qayta körib çiqiş zarurligini ta’kidladilar. Zangiota tuman Kengaşi tarkibidagi 49 ta boşlanğiç partiya taşkiloti 9 600 nafardan ortiq a’zoni birlaştirgan. Anjumanda quyi böğinlar orqali tadbirkorlar, fermerlar, yoşlar, xotin-qizlar va boşqa soha vakillari bilan muloqot ötkazib, ularning takliflarini örganişga urğu berildi. Joylarda kötarilayotgan masalalar dasturda aniq vazifalar va amaliy çoralar sifatida ifodalanişi kerakligi qayd etildi. Partiyaning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida ötgan Konferensiyada ÖzLiDeP Toşkent viloyat Kengaşining navbatdagi konferensiyasiga delegatlar ham saylandi. Nomzodlarni körib çiqişda ularning taşabbuskorligi, tuman aholisini öylantirayotgan masalalarni bilişi va muhokamada bildirilgan takliflarni ilgari sura olişiga e’tibor qaratildi.