The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

2022 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi tinglovchilari uchun ma’ruza o‘tkazildi

2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori M.T. Turg‘unov va Institut Yosh olimlar kengashi raisi Y.M. Kvitkovlar tomonidan 2022 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi tinglovchilari uchun ma’ruza o‘tkazildi. Ushbu ma’ruza Davlat dasturida o‘z ifodasini topgan inson huquq va erkinliklariga bag‘ishlandi.

Bundan tashqari, insonning asosiy huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi tinglovchilariga inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, ularning ahamiyati, shuningdek milliy qonunchilikka tatbiq etish holati haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Ma’ruza davomida kun mavzusi yuzasidan kelib tushgan savollarga atroflicha javob berildi.


×