2021 yil 25 oktyabr kuni Fanlar akademiyasida Turkiyaning Anqara Inqiroz va siyosat masalalari boʻyicha tadqiqotlar markazi - ANKASAM markazi direktori doktor Mehmet Seyfitdin EROL bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Tarix instituti, Davlat va huquq instituti olimlari ishtirok etdilar. Unda Anqara Inqiroz va siyosat masalalari boʻyicha tadqiqotlar markazi - ANKASAM hamda Davlat va huquq instituti oʻrtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.