The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Axborot xati

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

         DAVLAT VA HUQUQ  INSTITUTI

 

 AXBOROT XATI

AKADEMIK HOJIAKBAR RAHMONQULOV O‘QISHLARI

respublika ilmiy konferensiyasi

 

2023-YIL 6-NOYABR

          2023-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligi doirasida Akademik Hojiakbar Rahmonqulov o‘qishlari ilmiy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, konferensiya an’anaviy va masofaviy shaklda bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya yo‘nalishlari: fuqarolik huquqi, tadbirkorlik huquqi, oila huquqi, xalqaro xususiy huquq.

Konferensiya kun tartibidan asosiy maʼruzalar va qisqa chiqishlar o‘rin olgan.

Konferensiyada taqdimot uchun qabul qilingan barcha ma’ruzalar, materiallar qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng, konferensiya materiallari to‘plam sifatida nashr etiladi.

Konferensiya tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

Ma’ruza, maqola va tezislar matniga qo‘yiladigan talablar:

  • mavzuning dolzarbligini asoslash;
  • muammoning o‘rganilish darajasi va metodologik asosini yoritish;
  • tahlil va yechimlarni aniq ifoda etish;
  • xulosa va tavsiyalarni izchillikda bayon etish.

       Tezis va maqolalarni rasmiylashtirishning texnik talablari:

- matn muharriri – MS Word 2010;

- sahifa – A4 o‘lchamida, qatorlar orasi 1 oraliq, 2x2 o‘lchamda;

- shrift – Times New Roman, 14 o‘lchamda;

- hajmi – 5-10 bet;

- yuqori o‘ng burchakda muallifning to‘liq ismi, otaismi, familiyasi, ilmiy daraja va unvoni, lavozimi, ish joyi nomi qayd etiladi;

- o‘rtada tezis nomi bosh harflarda va qalin shriftda yoziladi;

- havolalar katta qavsda, matn oxiridagi adabiyotlar ro‘yxati bilan ketma-ketligiga mos tarzda beriladi [5;77].

 

Maqola yuborish sanasi va tartibi: maqola va tezis matnlari 2023-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

 

Tashkilotchi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti

Maqolalar 2023-yil 1-noyabrga qadar Davlat va huquq instituti Fuqarolik-huquqiy, xalqaro huquq fanlari hamda xalqaro tashkilotlar bo‘limiga elektron shaklda, abdurahmonmuqumjonov285@gmail.com электрон манзилига, shuningdek (+998 97 384 29 02) telefon raqamiga ochilgan telegram akkauntiga MS Word. Doc shaklida yuborish mumkin.

 

Murojaat uchun:

Abdurahmon Muqimjonov (+998 97 384 29 02) 


×