The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Davlat va huquq instituti hamda Abu Rayhon Beruniy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi FA Davlat va huquq institutining ilmiy va ilmiy-amaliy aloqalarini rivojlantirish maqsadida tegishli ishlar muntazam amalga oshirilmoqda.
Xususan, Institutimiz vakillari mamlakatda katta nufuzga ega bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy universiteti ga tashrif bo‘yurishdi.
Tashrifni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Turg‘unov Murod Tursunboyevich hamda institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Tulyaganov Abdumannob Abdujabborovich hamda institut katta ilmiy xodimi Xasanov Muhriddin O‘roqboy O‘g‘li  amalga oshirishdi.
                                     .                                                        

Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida ilmiy va ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, konferensiya, seminar va davra suhbatlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tapshqari, tashrif yakuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti hamda Abu Rayhon Beruniy universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi tuzildi. Mazkur memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni ko‘paytirish, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha umumiy ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ham kelishib olishdi.
                                                            
 


×