The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Kiberjinoyatchilik mavzusida suhbat tashkil etildi

 

Bugun Davlat va huquq institutida AKT xodimi tashabbusi bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Kapitan M.G‘. Agzamov va katta leytenant A.A. Xoshimov ishtirokida ayni paytda dolzarb hisoblangan kiberjinoyatchilik mavzusida suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida soha mutaxasislari tomonidan kiberjinoyat va uning turlari, ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar, soxta va rasmiy manbalarni ajratish hamda xavfsizlik chora-tadbirlari tushuntirildi. Kiberjinoyatchilarning turli xil aldov usullari va ularga qarshi “immunitet”ni shakllantirish maqsadida mutaxasislar tomonidan tayyorlangan videoroliklar qo‘yib ko‘rsatildi.

Suhbat so‘ngida soha hodimlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi va potensial jinoyatlarni oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 

Davlat va huquq instituti matbuot xizmati


×