Kiberxavfsizlik — umumiy mas’uliyat
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida kiberxavfsizlik va axborot tizimlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Kiberxavfsizlik markazi tavsiyalari asosida ehtimoliy kiberhujumlarning oldini olish, zararli dasturlardan himoyalanish, shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va kiberhodisalarga tezkor munosabat bildirish masalalari muhokama qilindi.
Institutning AKT bo‘yicha mas’ul xodimi X. Jabborov ishtirokida axborot tizimlarining xavfsizlik holatini o‘rganish, mavjud himoya choralarini kuchaytirish hamda xodimlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Axborot xavfsizligi — barqaror va ishonchli faoliyatning muhim shartidir.

