The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan navbatdagi muloqot Romitanda bo`lib o`tdi

30 mart kuni Buxoro viloyati Romitan tumani ichki ishlar bo‘limida referendum va konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir Fanlar Akademiyasining Davlat va huquq instituti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi  hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Murodjon Turg‘unov, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor M.Tillaboev, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor M.Mamasidiqov so‘zga chiqdilar.

Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Murodjon Turg‘unov o‘z so‘zida qayd etganidek, yangi Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi asnosida ommaviy axborot vositalari, Internet tarmoqlari orqali loyiha bilan aholi tanishib, 150 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirilganligini, shu bilan birga, mehnat jamoalari, oliygohlar, mahalla faollari va ziyolilar bilan bo‘lib o‘tgan muhokamalarda ham yana qariyb 10 mingta qo‘shimcha taklif kelib tushganligini ta’kidladi.

Uchrashuvda, shuningdek, referendum tushunchasi, referendumning saylovlardan farqi, O‘zbekiston tarixidagi referendumlar, mamlakatimizning yangilanayotgan Konstitutsiyasi referendumga qo‘yilishining mohiyati va ahamiyati haqida aniq tahliliy ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, 200 ga yaqin talaba-yoshlarning barcha savollariga javob berildi.


×