Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Bo‘rbonliq qishlog‘ida Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda 30-aprel kuni o‘tkaziladigan umumxalq Referendumi targ‘iboti bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi, Barqaror rivojlanish markazi hamda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hokimligi hamkorligida o‘tkazildi.
Do‘stixudopirim ziyoratgoxi xovlisiga Shalola, Zilol, Gulobod mahallalalaridan 300ga yaqin fuqarolar yig‘ildi.
Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati B.Rahmonaliev, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor M.Baratov, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri O‘.Otaboev hamda shu xududdan tuman Kengashiga saylangan deputat Q. Axmedovlar yangi tahrirdagi konstitutsiyaning avvalgisidan afzal jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, mahalla yig‘inlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan nuroniylar tomonidan mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqchilligi, fuqarolar manfaatlari har narsadan ustunligi haqida so‘z yuritildi.