The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun mohiyati

Joriy yil 31 mart kuni FVVning Favqulotda vaziyatlar akademiyasida   “O‘zbekiston respublikasi  Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun mohiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ishini O‘zFA Davlat va huquq instituti direktori o‘rinbosari, yu.f.d., prof. Abdumannop Tulyaganov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar xususida so‘z yuritdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida, bu borada erishilgan milliy va xorijiy tajriba, ularning yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shuningdek, mamlakatimizda 2023 yil 30 aprelda o‘tkazilishi belgilangan referendumning maqsadi, tartibi, prinsiplari batafsil yoritdi.  O‘zbekiston Konstitutsiyasi paradigmasida “inson – jamiyat – davlat” shakl tobora moddiylashayotgani, bunda inson qadri, insonni e’zozlash – e’tiborimizdagi eng asosiy masala, binobarin, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanayotganligi ta’kidlandi.

Davra suhbatida 120 nafar akademiya professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda tinglovchilari ishtirok etdi, kun mavzusi yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi

Tadbir so‘ngida ma’ruzasi “tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.


×