The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘zbekiston Respublikasining yangilanayotgan Konstitutsiyasining mohiyati va umumxalq referendumi

2023 yil 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining Yosh olimlar kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining yangilanayotgan Konstitutsiyasining mohiyati va umumxalq referendumi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etilgan. Ushbu tadbir Institut yosh olimlari uchun tashkil etilgan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi DHI direktori M.T. Turg‘unov kirish so‘zida yangilanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda joriy yil 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendum mamlakat ichki siyosiy hayotida g‘oyat muhim voqea ekanini ta’kidladi.

Shunindek, O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida» konstitutsiyaviy qonunining loyihasi keng muhokama qilingani, unda Institut xodimlari faol ishtirok etib, ko‘plab ilmiy, o‘quv va boshqaruv tuzilmalarida 70 dan ortiq tadbirlarni o‘tkazilgani, O‘zbekiston Konstitutsiyasi 65 foizga yangilangani va matnga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni tushuntirish hozirgi kunda huquqshunos olimlarning asosiy vazifalaridan biri ekanligini qayd etib o‘tdi.

O‘z navbatida institut Yosh olimlar kengashi raisi Ya.M. Kvitkov O‘zbekiston Respublikasida umumxalq referendumini o‘tkazishning huquqiy asoslari, tushunchasi va mohiyati” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida ishtirokchilarga referendumning to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyaning eng muhim instituti sifatidagi tushunchasi va ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Referendum davlat va har bir fuqaro uchun muhim bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash usullaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasida referendum o‘tkazishning huquqiy asoslari tushuntirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etilishi, umumiy ovoziga – referendumga qo‘yilishi belgilab qo‘yilgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni amaldagi Konstitutsiya bilan bir qatorda mamlakatimizda referendum o‘tkazish tartibini ham tartibga soladi.

F.f.n., katta i.h R.R. NazarovO‘zbekiston Respublikasining etnik va konfessional siyosatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi va unda loyihaga kiritilgan asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalarni qayd etdi. Xususan, bu “millatlararo va dinlararo totuvlik”, “ko‘p millatli” O‘zbekiston (Konstitutsiyaning Preambulasi), “huquqiy”, “ijtimoiy”, “dunyoviy” davlat (1-modda), “inson huquqlari va erkinliklari har bir inson tug‘ilishidanoq tegishlidir” (19-modda), “davlat xalqaro huquq normalariga muvofiq chet elda yashovchi vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi” (23-modda), “fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi” (69-modda), “davlat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat yurituvchi diniy tashkilotlarning faoliyat erkinligini kafolatlaydi” (75-modda) va boshqalar.

Davra suhbati yakunida tadbir mavzusi doirasida muhokama bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr almashdilar.


×