The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Poytaxtimizning Shayxontoxur tumanida navbatdagi huquqiy yig`ilish bo`lib o`tdi

2023 yil 30 mart kuni Toshkent shahri Shayxontoxur tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti va bir qator faollar muttaxassislari jami 80 nafardan ortiq ishtirokchilar bilan “O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati” mavzusida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi. Targ‘ibotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati iqtisod fanlari doktori, professor N.X.Jumaev so‘zga chiqib, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi o‘zgartirishlarni mazmun-mohiyati, xususan 65 moddasi, “Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlanishi, O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi. Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligini amaliy misollar bilan tushuntirib berdi. 

So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Xamidullaev Sanjar Asatullaevich so‘zga chiqib, yangi taxrirdagi Konstitutsiyaga Toshkent shahri Shayxontoxur tumani fuqarolarining takliflaridan 8 tasi Konstitutsiyaga kiritilganligini alohida e’tirof etib, barchani referendumda faol ishtirok etishga chorladi.  

 

Shuningdek, navbatdagi ma’ruzachi O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti ma’muriy-huquqiy, jinoiy-huquqiy fanlar bo‘limi boshlig‘i yu.f.d. prof. A.Q.Xudoyberdiev so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonuni”ning mazmun-mohiyati va yangi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha qoidalar va ularga amal qilish xolatini yangi tartibda belgilanayotganligi hamda insonlarning ta’lim olish huquqi davlat tomonidan kafolatlanayotganligi nutq so‘zladi. Shuningdek, targ‘ibotda A.Q.Xudoyberdiev alohida tartibda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 26, 27, 28 moddalari mazmunini tushuntirib berdi.  Ma’ruza davomida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarga ega ekanligi, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emasligi, hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi va boshqa masalalar  ta’kidlab o‘tildi.

Targ‘ibot ochiq, erkin ravishda savol-javoblar orqali muloqot tarzida o‘tkazildi.  


×