The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda navbatdagi davra suhbati bo`lib o`tdi

2023 yil 27 mart kuni Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi FA Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum: mohiyat va istiqbollar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ishini O‘zFA Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d. M.T.Turg‘unov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar xususida so‘z yuritdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida, bu borada erishilgan milliy va xorijiy tajriba, ularning yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum: mohiyat va tartib-taomillar” mavzusida (O‘zFA  Davlat va huquq instituti direktori o‘rinbosari, yu.f.d., prof. A.A. Tulyaganov), “O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati” mavzusida (O‘zFA Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi, f.f.n. R.R. Nazarov) nutq so‘zladi.

Mamlakatimizda 2023 yil 30 aprelda o‘tkazilishi belgilangan referendumning maqsadi, tartibi, prinsiplari batafsil yoritildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi paradigmasida “inson – jamiyat – davlat” shakl tobora moddiylashayotgani, bunda inson qadri, insonni e’zozlash – e’tiborimizdagi eng asosiy masala, binobarin, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanayotganligi ta’kidlandi.

Davra suhbatida akademik litsey rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi, kun mavzusi yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.


×