The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Xalq konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!

Farg‘onada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida Ma’naviyat festivali o‘tkazilmoqda.

31 mart kuni festival tadbirlari Oltiariq tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Dastlab Fayziobod MFY xududida joylashgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida gala konsert dasturi va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  Tadbirda Fayziobod va Ustoz mahalalalari aholisi, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Markaz targ‘ibotchilari, professor-olimlar, shu jumladan, FA Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, professor Mirodil Baratov, oltiariqlik el suygan san’atkor va shoirlar tomonidan ijro etilgan kuy, qo‘shiq hamda she’rlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati, shuningdek, yurtimizda oxirgi yillar mobaynida amalga oshirilgan islohotlar haqida so‘z yuritilib, hayotiy misollar bilan fuqarolarga yetkazdilar.

    


×