Davlat va huquq instituti hamda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti (amaldagi universitet) o‘rtasida yuridik klinika faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum doirasida institut xodimlari, xususan, bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor M.X.Baratov tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Memorandumning asosiy maqsadi yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohada hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir davlat siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabalarining nazariy-huquqiy bilimlarini amaliy mustahkamlash maqsadida hamkorlik qilishga qaratilgan.
O‘zaro manfaatdorlik va tenglik prinsipi asosida tomonlar ta’lim va aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikni amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirib kelmoqda. Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi” va Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiya, seminar, trening, davra suhbatlari va ishchi uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Maqolalar chop etilmoqda.
Oliy ta’lim va akademik ta’lim dargohlari o‘rtasidagi hamkorlik jarayoni davom etmoqda.