The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Замонавий халқаро ҳуқуқнинг долзарб масалалари

 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamkorligida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti huzuridagi yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “Zamonaviy xalqaro huquqning dolzarb masalalari” mavzusida qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti huzuridagi Yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, akademik Akmal Saidov hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Murod Turgunov olib bordi.

Tadbirda mexmon sifatida yuridik fanlar doktori, Tallin universiteti professori, Xalqaro huquq instituti prezidenti Reyn Myullerson qatnashdi va “Zamonaviy xalqaro huquqning dolzarb masalalari” mavzusida ma’ruza qildi.

Muhokamalarda Davlat va huquq instituti direktor o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Abdumannop Tulyaganov, Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Ravshan Xakimov, Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi, f.f.n. Ravshan Nazarovlar qatnashdi.


×