The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

 2026-yil 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

 2026-yil 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–390-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini Fanlar akademiyasi tizimida ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining “Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarida qonunchilik hujjatilari ijrosini ta’minlash holatini o‘rganish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” 2026-yil 10-sentabrdagi 9-122-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan FA ishchi guruhi Davlat va huquq institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif jarayonida institutning o‘tgan davr mobaynida ushbu hujjatlar, shu jumladan ilmiy-tadqiqiot faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, Davlat va huquq institutini 2035-yilgacha rivojlanish strategiyasi loyihasi ishlab chiqilganligi va FAga topshirilganligi, institut KPI ko‘rsatkichlari, ilmiy jurnallar faoliyati, Institut xodimlari ishtirokida tashkil etilgan fan yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari, seminar-treninglar, oliy ta’lim tashkilotlari bilan samarali integratsiya, xorijdagi yetakchi olimlar bilan hamkorlik robitalari, shu jumladan yetakchi ilmiy markaz va nufuzli universitetlar bilan qo‘shma tadqiqotlar, Institut Yosh olimlar kengashi faoliyati bilan bog‘liq masalalar, institut ilmiy bo‘limlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘tgan davr mobaynida institut tomonidan 3 ta yirik ilmiy tadqiqot amalga oshirilayotganligi va ular yuzasidan 58 ta ilmiy maqola, 9 ta monografiya, 1 ta darslik, 4  ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta to‘plam chop etilgan qayd etildi.

Tashrif davomida Skopus bazasidagi ilmiy jurnallarda ilmiy chiqishlarni kuchaytirishga urg‘u berildi.


 


×