The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Barqaror rivojlanish maqsadlari va Konstitutsiya: ShHT mamlakatlari tajribasi

2023 yil 5 aprel Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Barqaror rivojlanish markazi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlari va Konstitutsiya: ShHT mamlakatlari tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashqil etildi.

Mazkur tadbir ShHT makonini konstitutsiyaviy rivojlantirishning umumiy qonuniyatlarini, shuningdek ShHT mamlakatlarining konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda BMTning global Barqaror rivojlanish maqsadlarini hisobga olish sohasidagi tajribasini aniqlashga bag‘ishlandi.

Anjumanda O‘zbekiston tarixida muhim tajriba – Konstitutsiyaviy Qonunning umumxalq muhokamasini o‘tkazib, uni referendum orqali tasdiqlash uchun izchil amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlandi. Bu jarayonda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, huquqshunos olimlar, akademik hamjamiyat, tahliliy markazlar faol ishtirok etdi. Ushbu muassasalar Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatini yaqindan qo‘llab-quvvatlaydilar, xususan:

BMT, YeXHT, ShHT, YeI, IHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar doirasida qabul qilingan 400 dan ortiq global va mintaqaviy konvensiyalar, deklaratsiyalar, qarorlar hamda konstitutsiyaviy rivojlanishning xalqaro tajribasi o‘rganildi, shuningdek, dunyoning 193 dan ortiq mamlakatlari konstitutsiyalari va konstitutsiyaviy islohotlari tizimli tahlil qilinib o‘rganildi.

Xalqaro va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilish va o‘rganish asosida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tomonidan 10 dan ortiq fundamental ishlar amalga oshirildi, ular doirasida “Konstitutsii gosudarstv-uchastnikov ShOS”, “Konstitutsii mira”, “Konstitutsionnыe reformы: opыt stran mira” asarlari nashr etildi, ular asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va umuman konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha xulosalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Konstitutsiyaviy islohotlar va Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati, yangiliklariga bag‘ishlangan 60 dan ortiq xalqaro forumlar, shu jumladan xorijda (xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Koreya, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Shveysariya, Yaponiya, Hindistonda) o‘tkazildi.

Shu bilan birga, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ShHT makonining konstitutsiyaviy rivojlanishi ma’lum bir umumiylik, mintaqa mamlakatlari konstitutsiyalarining dinamik rivojlanishi bilan ajralib turadi – “Katta ShHT oilasi” bu davrda konstitutsiyaviy tuzum asoslarini tubdan yangilash, suverenitetni mustahkamlash, davlatlarning konstitutsiyaviy va milliy o‘ziga xosligini mustahkamlash bo‘yicha so‘nggi 30 yil ichida ikkitadan o‘ntagacha konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, har bir davlat ShHT makonida konstitutsiyaviy va huquqiy plyuralizmni oldindan belgilab beradigan konstitutsiyaviy o‘ziga xoslik va betakrorlikka ega bo‘lsa-da, ShHT davlatlari namunaviy demokratiyaga xos bo‘lgan konstitutsiyaviy tuzumning umumiy asoslari bo‘lmish xalq hokimiyati, respublika boshqaruv shakli, davlatning ijtimoiy va dunyoviy tabiati, inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligi, hokimiyatlar bo‘linishi, mulkchilik shakllarining hilma-hilligi va tengligi, hududiy yaxlitlik kabi xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, ShHT mamlakatlarining konstitutsiyaviy rivojlanishi quyidagi, ya’ni islohotlarni shaxsga yo‘naltirish, uning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; inson va tabiatning uyg‘unligini ta’minlash; mol-mulk va xususiy mulkni himoya qilish; ijtimoiy davlat tamoyillari va normalarini belgilash; oila, onalik va otalik institutini qo‘llab-quvvatlash; ta’lim va fundamental ilmiy kashfiyotlarni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash; yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish kabi umumiy tendensiyalarni ochib berdi.

ShHT konstitutsiyalaridagi ushbu qoidalar ShHT mamlakatlarining BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish va tizimli amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faoliyati uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi. ShHT faoliyati kambag‘allikka qarshi kurash, yoshlar va gender siyosati, sog‘liqni saqlash, ekologiya, elektron tijorat va iqtisodiyotni raqamlashtirish, transport, savdo va tadbirkorlik sohalaridagi hamkorlik masalalariga ham qaratilgan. Ta’kidlash joizki, ShHTni 2025 yilgacha rivojlantirish strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ko‘p jihatdan BRMga hamoxangdir.

 

O‘zFA Davlat va huquq instituti

Matbuot xizmati


×