The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Buxoro viloyati axborot-kutubxona markaziga noyob huquqiy adabiyotlar topshirildi

Buxoroda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya va inson huquqlari burchagi”ni tashkil etishga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari — faol kitobxonlar, ziyolilar ishtirok etishdi. Marosimda so‘z olgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor M. Tillabaev, O‘zFA Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlari doktori, professor M. Turg‘unov, Oliy Majlis Senati a’zosi A. Huseynova mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida huquqiy ta’limning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida to‘xtaldilar.

Viloyat axborot-kutubxona markaziga 200 ga yaqin huquqiy mavzudagi adabiyotlar topshirildi. Ular Inson haq-huquqlari, gender tenglik, bola huquqlari kabi qator dolzarb masalalarni qamrab olgan bu to‘plam va risolalar, shuningdek, xorijiy davlatlar Konstitutsiyalari va Bosh qomusimizni qiyoslash imkonini beruvchi o‘zbek tilidagi adabiyotlar, tarjima asarlari kabi ham kamyob adabiyotlardir.

Tadbir ishtirokchilari shuningdek samimiy ruhda kechgan muloqotda muhim siyosiy tadbir — Referendum, yangilanayotgan Konstitutsiya, uning mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohaza yuritildi.


×