The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Davlat va xuquq institutida Jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi hamda hisobot-saylov yigilishlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va xuquq institutida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi hamda hisobot — saylov yigilishlari bo‘lib o‘tdi.

Yigilishda institut direktori yu.f.d. M.Turgunov va kasaba qo‘mitasi raisi N.Azizovlar 2024-yil mobaynidagi hamkorlikda olib borilgan ishlari yuzasidan axborot berdilar.

So‘zga chiqqanlar takliflari asosida 2025-yil uchun qo‘shimcha takliflar kiritilib dalolatnoma komissiyasi axboroti ma’qullandi. So‘ngra kasaba uyushmasining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan so‘zga chiqqanlar kasaba uyushmasining o‘tgan davr mobaynidagi ishlarini qoniqarli deb baholashdi. Barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yakunida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti konfrensiyaga 1 nafar delegat saylandi.

Yig‘ilishda birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev so‘zga chiqib bugungi kunda Respublika kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgisidagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

   

 

   

 

   

 

Ш.Жўраев,
Ўзбекистон Фанлар академияси бирлашган касаба уюшмаси қўмитаси раиси


×