O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyuldagi 418-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “Dolzarb 30 kun” tadbirini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat va huquq instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
HISOBOT
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyuldagi 418-sonli farmoyishi hamda uning asosida tasdiqlangan “Dolzarb 30 kun” tadbirini amalga oshirish bo‘yicha chora-talbirlar rejasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ushbu masadlardan kelib chiqib institut tegishli manfaatdor tashkilotlar, xususan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarga kirishildi.
Joriy yilning 7 iyul kuni Chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda chora-tadbirlar rejasidan kelib chiqqan holda Institut tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan taqsimot rejasini ishlab chiqish, har bir vazifa yuzasidan mas’ul ijrochilarni aniq belgilash, vazifa va topshiriqlarni rejada belgilangan muddatlardan oldin ijrosini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi va tegishli hujjatlar tasdiqlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda “Dolzarb 30 kun” doirasidagi yong‘in xavfsizligi tadbirlarida ishtirok etish, yong‘inlarni oldini olishga doir tezkor chora-tadbirlarni ishlab chiqishga Institut direktor o‘rinbosari A.Tulyaganov mas’ul etib belgilandi.
U tomonidan 2023 yilning 7 avgust kuni “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Davlat va huquq instituti bir guruh xodimlari bilan yeng‘inlarni oldini olish, ularning to‘liq profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Tadbirda A.Tulyaganov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 418-sonli farmoyishi hamda uning asosida tasdiqlangan 26 ta banddan iborat “Dolzarb 30 kun” tadbirini amalga oshirish bo‘yicha chora-talbirlar rejasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Xususan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari faoliyatida “Dolzarb 30 kun” tadbirining asosiy yo‘nalishlari ustuvor ahamiyat kasb etishi, bunda:
yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish mavsumida oromgohlar, sanatoriylar hamda boshqa dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;
o‘ta muhim, toifalangan va iqtisodiyot ob’ektlari, yonish-portlash xavfi yuqori hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori bo‘lgan boshqa ob’ektlar, shuningdek odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
2023/2024 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilayotgan ob’ektlarning yong‘inga qarshi holatini talab darajasiga keltirish;
o‘rmon fondi ob’ektlarini yong‘indan qo‘riqlash va uy-joy fondi ob’ektlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, tadbirda Toshkent shahar Faqulodda vaziyatlar boshqarmasi hududda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida Toshkent shahar aholisining bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilganligi ta’kidladi. Jumladan, 2023 yilning iyul oyi davomida boshqarma tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida rejadan tashqari shartnoma asosida 20 ta korxona va tashkilotlarda 16 ta o‘quv mashg‘ulotida (jami umumiy shartnoma bahosi 104 357 541 so‘m, jami 279 nafar) ishchi xodimlar malaka oshirish o‘quv kurslarida o‘qitilganligi qayd etildi.
Tadbir doirasida boshqarma xodimlari “Dolzarb 30 kun” doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq amaliy va huquqiy savollariga A.Tulyaganovdan tegishli javoblarni olishdi.
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar yuzaga kelishini oldini olishga doir tadbirlar joriy yilning 10 avgustiga qadar amalga oshiriladi.