O‘zbekiston Respublikasi FVV akademiyasida “Favqulodda vaziyatlar va inson huquqlari: muammo va yechimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi, FVV akademiyasining professor-o‘qituvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini amalga oshirilishida favqulodda vaziyatlarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan birgalikta aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash hamda bunday vaziyatlarda harakat qilishni ta’minlashdagu muammo va yechimlarini o‘rganish, sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarda jamo’at xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan aniq takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etishda innovatsion yechimlar berish va mutaxassislar tomonidan o‘zaro fikr almashishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirni Akademiya boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik M.Mamasiddiqov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-maydagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgacha rojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, Akademiya qator Oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan Memorandumlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti o‘rtasida qabul qilinadigan Memorandumning chora-tadbirlar rejasini tadiqlash hamda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, respublikada hamda FVV tizimida tadqiqotlar olib borish va xorijiy davlatlarda favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan texnologiyalar sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nazariy-metodologik hamda amaliy ahamiyatga molik natijalari haqida qayd etib o‘tdi.
Shuningdek, respublikamizda favqulodda vaziyatlar sohalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro ilmiy izlanishlarni hamkorlikda bajarish bo‘yicha kelishuvlar qilish ushbu anjumanning asosiy vazifalari hisoblanishini alohida ta’kidladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar – Yangi Oʻzbekistonda Inson huquqlarining taʼminlanishi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha boʻlgan milliy strategiyasi loyihasi, Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari, Favqulodda vaziyatlar organlari xodimlarining mehnat huquqlari va ularni himoya qilinishining xususiyatlari, Favqulodda holatlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash jarayonida aholining huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda cheklashning konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari, nson huquqlaridan chekinishning xalqaro standartlarda tartibga solinishi xususida fikr-mulahazlar bildirishdi.
Shundan so‘ng Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Anjuman yakunida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Murodjon Turgʻunov “Faxriy mehmonlar kitobi”ga ezgu niyatlari, o‘gitlari va dastxatlarini esdalik sifatida yozib qoldirdilar hamda taklif etilgan mehmonlarga tashriflari uchun Akademiya rahbariyati minnatdorchilik bildirdi.