The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Inson qadri va huquqlarini ta’minlash - konstitutsiyaviy islohotlarning oliy maqsadi

2023 yil 26 aprel kuni FA Davlat va huquq institutining anjumanlar zalida - Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, FA Davlat va huquq instituti, Barqaror rivojlanish markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIS) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Inson qadri va huquqlarini ta’minlash - konstitutsiyaviy islohotlarning oliy maqsadi” mavzusida onalayn va oflayn formatida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Xalqaro konferensiyada Oliy Majlisi senatorlar va Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari va akademik hamjamiyat vakillari ishtirok etdi.

Anjumanning maqsadi - inson, uning hayoti, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat ekanligi tamoyili hamda “Davlat - inson uchun” va “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladi” degan ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha milliy va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rtoqlashishdan iborat.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev boshchiligida 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda 2021 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va shiddatli demokratik islohotlarni o‘zaro bog‘lab, jipslashtirib turuvchi o‘zagini - aynan “Inson qadri uchun” g‘oyasi, har qanday shaxsning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati, boshqa daxlsiz huquqlarini joyiga qo‘yish, ulug‘lash g‘oyasi tashkil etadi.

Xalqaro anjumanni FA Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d., prof. M.Turg‘unov ochib berdi va quyidagilarni ta’kidladi: “Konstitutsiyaning yangi matni olim va mutaxassislar tomonidan faqat kabinetlarda yaratilmadi. Balki, dastavvalikki bosqichda xalqimizning fikri, takliflari o‘rganildi, shundan so‘ngginaKonstitutsiya loyihasi tayyorlandi. Avvallari esa Konstitutsiya qabul qilishda dastlab loyiha ishlab chiqilib, keyin xalq muhokamasiga qo‘yilardi.

Birinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasini shakllantirish uchun fuqarolarimiz 60 mingdan ziyod taklif berishdi. Ularning taxminan har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy oldi; - ikkinchi bosqichdaKonstitutsiya loyihasiumumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmoqlari orqali loyiha bilan 5 million aholi tanishib, 150 mingdan ortiq taklif va mulohazalar aytildi.

Shu bilan birga, mehnat jamoalari, oliygohlar, mahalla faollari va ziyolilar bilan bo‘lib o‘tgan muhokamalarda ham yana qariyb 10 mingta qo‘shimcha taklif kelib tushdi.Ayni paytda xalqaro-huquqiy hujjatlar va 190 dan ortiq davlatlar tajribasi o‘rganildi,loyiha 6 turdagi ekspertizadan o‘tkazildi. Bularning hammasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani, Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganidan dalolat beradi.

Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi”.

Anjuman davomida Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi R.Nazarov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririda “O‘zbekiston – qonun ustuvorligi” tamoyilining hayotga tatbiq etilishi”, Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i N.Safarov- “O‘zbekistonda inson huquqlari va qadr-qimmati, qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlatning oliy maqsadi”, Davlat va huquq instituti doktoranti S.Jalolov- “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarining kafolatlari” kabi mavzularda ma’ruza qildi.

Onlayn formatda  qatnashgan Tojikistondagi GIS mintaqaviy dasturi rahbari Aleksandru Tanase – “Inson huquqlarini konstitutsiyaviy tartibga solishning xalqaro standartlari” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar, unda belgilanayotgan inson huquqlariga oid normalarning yanada katta qismi inson huquqlariga qaratilayotganligi alohida e’tirofga sazovorligi hamda xalqaro huquqning umume’tirof etgan tamoyillariga to‘la mos kelishini ta’kidladi.

Shuningdek, anjumanda fuqarolik jamiyati institutlari hamda davlat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik asosida fuqarolarimiz huquqiy madaniyati hamda  Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha xabardorligini oshirish borasida qatar uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilganligi, nogironlagi bo‘lgan hamda ko‘zi ojiz shaxslar uchun brayl alifbosida Konstitutsiya loyihasi kitob shaklida hamda audeo kitob shaklda taqdim etilganligi aytib o‘tildi.

Tadbirda 50 nafarga yaqin mutaxassislar ishtrok etdi.


×