Joriy yilning 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida O‘zFA vitse-prezidenti, professor B.A.Abduhalimov, FAning ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi rahbari, tarix fanlari nomzodi, professor N.A.Mustafayeva va boshqa komissiya a’zolari ishtirokida Davlat va huquq institutining 2025-yil 1-yarim yilligi uchun hisoboti eshitildi va muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida 2025-yil 1-yarim yilligida Davlat va huquq instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholanib, yilning qolgan qismida yanada mas’uliyat bilan ishlash vazifasi bildirildi.