The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Konstitusiyada inson qadri va yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi mas’uliyat

2023 yil 4 aprel kuni Andijon shahridagi NNTlar uyida “Konstitutsiyada inson qadri va yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi mas’uliyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi hamda Barqaror rivojlanish markazi hamkorligida Assotsiatsiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan Andijon shahridagi Ma’rifat uyida tashkil etildi. Unda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, siyosiy partiyalar, viloyatda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiatsiyasi hamda Barqaror rivojlanish markazi tashabbusi bilan Assotsiatsiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda senator, Andijon tumanidagi “Orolmahalla fuqarolar yigini raisi Matluba Ganieva, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, yu.f.d., professor Murodjon Turgunov yangi tahrirdagi Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, mazkur hujjatni maqullash boyicha joriy yil 30 aprel kuni otkaziladigan umumxalq referendumi yuzasidan fikrlar bildirdi, yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilgan ozgarishlar, yangi normalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, M.Turg‘unov yangilanayotgan Konstitutsiyada  fuqarolik jamiyati institutlarining huquq va burchlari haqida to‘xtalib, tegishli normalaridan misollar keltirdi: “Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sog‘lig‘iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va diniy belgilariga ko‘ra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi” (71-modda) hamda “ Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi” (72-modda).

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti mutaxassislarining “Konstitutsiyada inson qadri va yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi mas’uliyat”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum: mohiyat va tartib-taomillar” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzachilar tomonidan jamiyat va shaxs, fuqarolik jamiyati institutlari va NNTlar to‘g‘risida loyihaga kiritilgan yangi normalar xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.

O‘zNNTMA Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi.

 

O‘zFA Davlat va huquq instituti

Matbuot xizmati.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


×