Joriy yilning 3 aprel kuni Farg‘ona shahridagi NNT uyi konferens-zalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan Konstitutsiyada inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlari doktori, professor M.Turg‘unov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshliqlari, yuridik fanlari doktori, professor M.Baratov va yuridik fanlari doktori, professor A.Xudoyberdiev, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi boshlig‘i D.Fozilovlar konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha hamda referendumning tartib-tamoyillari haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirga viloyatidagi faol nodavlat notijorat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar, ommaviy axborot vositalari taklif etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti Fuqarolik–xuquqiy va xalqaro xuquq fanlari hamda xalqaro tashkilotlar bo‘lim boshlig‘i, professor M.Baratov “Konstitutsiyada inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” mavzusida taqdimot ko‘rinishida konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti Ma’muriy-huquqiy va jinoiy-huquqiy fanlar bo‘limi boshlig‘i, professor A.Xudoyberdiev “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum: mohiyat va tartib-taomillar” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzalardan so‘ng NNTlar tomonidan mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha murojaatlar qilishib, tegishli javoblarga ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti Farg‘ona viloyatidagi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Farg‘ona mintaqaviy filiali va Prometey nodavlat notijorat tashkilotlari bilan joylardagi muammolarni o‘rganish, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Ma’ruzachilar tomonidan yangi taxrirdagi konstitutsiyaning eng ahamiyatli tomonlari haqida ma’lumotlar berildi.